Maqsad va vazifalari
Fondining asosiy maqsadi fuqarolar yig‘inlari faoliyatini aniq yo‘naltirilgan asoslarda va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ko‘maklashishdan iborat.
Fond quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
– fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, hududlarini ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hamkorlik qilish, yordamlar ko‘rsatish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va qulay shart-sharoitlar yaratish, tartibga keltirish ishlarida ishtirok etish hamda moliyaviy ko‘maklashish;
– davlat hokimiyati organlari vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi jarayonida hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan ushbu vakolatlarning amalga oshirilishida zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
− fondning bo‘lim, bo‘linmalari o‘zlarining tegishli hududidagi fuqarolar yig‘inlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni, xodimlarini bir yilda bir marta to‘lanadigan lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;
– fuqarolar yig‘inlari faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ular manfaatlarini qonun asosida himoya qilish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
– fuqarolar yig‘inida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, faxriylar, nogironlar, yetim-esirlarga hamda tabbiy ofatlardan talofat ko‘rgan fuqarolarga nisbatan insonparvar va mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish g‘oyalarini keng targ‘ib qilish ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda nochor qiynalgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda, mavjud uylarini ta’mirlash hamda xorijiy davlatlarda davolanishlarida fond imkoniyatlaridan kelib chiqib moddiy yordamlar ko‘rsatish;
− fuqarolar yig‘inlari faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oya va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda tasarrufidagi binolarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurish hamda bino bilan ta’minlashda moliyaviy tomondan ko‘maklashish;
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining dolzarb masalalari, davlat organlari, ho‘jalik boshqaruvlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish, rivojlantirishga bag‘ishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar tashkil etish va ishtirok etish;
- tuman (shahar)larda ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlashda yordamlar ko‘rsatish;
- umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hollarda xorijiy korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida qurilish, tibbiy jihozlar va boshqa zaruriy tovarlarni xarid qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va ishtirok etish;
– davlatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ma’naviy-madaniy tadbirlar, markaziy ekspozitsion ko‘rgazmalarni tashkil etishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasini rivojlantirishga qartilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
− epidemiya va pandemiyaga qarshi kurashish uni oldini olish aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va yordamlar sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash ularni qo‘llab-quvvatlash;
– fondning Ustav faoliyati doirasida respublikadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro, chet el yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va startop biznes loyihalarni ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish, ilm-fan hamda ishlab chiqarish sohalarini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish.
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |