Fond haqida

Ustav

 O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining

Ustavi

Umumiy qoidalar

1.1. O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi (bundan buyon matnda “Fond” deb yuritiladi) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan hamda tashkiliy-huquqiy shakli jamoat fondi bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotdir.

1.2. Fond o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatlarini tartibga solishga qaratilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro huquqning qoidalari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.

1.3. Fondning tuzilishi uning Vasiylik kengashi, respublika boshqaruvi hamda o‘z faoliyatlarini ushbu Ustav va Fondning hududiy bo‘lim, bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiradigan hududiy tuzilmaviy bo‘lim, bo‘linmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘linmalari)dan iborat.

1.4. Fond, uning hududiy tuzilmaviy bo‘lim, bo‘linmalari, shuningdek u tomonidan ta’sis etilgan tadbirkorlik tuzilmalari yuridik shaxs hisoblanib, o‘z mulkiga, mustaqil balansi, nomiga, banklardagi joriy va valyuta hisob raqamlariga, belgilangan namunadagi muhpiga ega hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ramzidan foydalanadi.

1.5. Fond o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillariga amal qiladi.

Jamoat fondi o‘z maqomiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida fuqarolar yig‘inlarining o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular faoliyatini aniq yo‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning ma’rifiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolar yig‘inlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi.

Jamoat fondi o‘z faoliyatini amalga oshirishda, barcha davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

1.6. Fondning to‘liq rasmiy nomi:

o‘zbek tilida – O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi;

rus tilida – Благотворительный общественный фонд «Махалла» Узбекистана;

ingliz tilida – Charity social fund «Mahalla» of Uzbekistan.

 

1.7. Fondning qisqartirilgan rasmiy nomi:

o‘zbek tilida – «Mahalla» fondi;

rus tilida – фонд «Mахалла»;

ingliz tilida – fund «Mahalla».

1.8. Fond respublika boshqaruvining manzili:

Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy.

1.9. Fond faoliyatining muddati cheklanmagan.

1.10. Fond o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining barcha hududida amalga oshiradi.

Fond tashkiliy tuzilmasi

 

  1. Fond tizimiga quyidagilar kiradi:

        − Fond markaziy apparati;

        − Fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘limlari boshqaruvlari;         

        − Fondning tuman (shahar) bo‘linmalari boshqaruvlari;

        − “Mahalla muruvvati” mas’uliyati cheklangan jamiyati;

        − “Navbahor” sihatgoxi mas’uliyati cheklangan jamiyati.

     

Fondning maqsad va vazifalari

 

3.1. Fondining asosiy maqsadi fuqarolar yig‘inlari faoliyatini aniq yo‘naltirilgan asoslarda va aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ko‘maklashishdan iborat.

3.2. Fond quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

– fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, hududlarini ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hamkorlik qilish, yordamlar ko‘rsatish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va qulay shart-sharoitlar yaratish, tartibga keltirish ishlarida ishtirok etish hamda moliyaviy ko‘maklashish;

– davlat hokimiyati organlari vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi jarayonida hamda fuqarolar yig‘inlari tomonidan ushbu vakolatlarning amalga oshirilishida zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

− fondning bo‘lim, bo‘linmalari o‘zlarining tegishli hududidagi fuqarolar yig‘inlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni, xodimlarini bir yilda bir marta to‘lanadigan lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;

– fuqarolar yig‘inlari faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ular manfaatlarini qonun asosida himoya qilish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

        – fuqarolar yig‘inida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, faxriylar, nogironlar, yetim-esirlarga hamda tabbiy ofatlardan talofat ko‘rgan fuqarolarga nisbatan insonparvar va mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish g‘oyalarini keng targ‘ib qilish ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda nochor qiynalgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda, mavjud uylarini ta’mirlash hamda xorijiy davlatlarda davolanishlarida fond imkoniyatlaridan kelib chiqib moddiy yordamlar ko‘rsatish;

− fuqarolar yig‘inlari faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oya va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, zarur hollarda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda tasarrufidagi binolarini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, qurish hamda bino bilan ta’minlashda moliyaviy tomondan ko‘maklashish;

– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining dolzarb masalalari, davlat organlari, ho‘jalik boshqaruvlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish, rivojlantirishga bag‘ishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar tashkil etish va ishtirok etish;

  • tuman (shahar)larda ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlashda yordamlar ko‘rsatish;
  • umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hollarda xorijiy korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida qurilish, tibbiy jihozlar va boshqa zaruriy tovarlarni xarid qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va ishtirok etish;

– davlatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ma’naviy-madaniy tadbirlar, markaziy ekspozitsion ko‘rgazmalarni tashkil etishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasini rivojlantirishga qartilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

         − epidemiya va pandemiyaga qarshi kurashish uni oldini olish aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va yordamlar sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash ularni qo‘llab-quvvatlash;

 – fondning Ustav faoliyati doirasida respublikadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro, chet el yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikda qo‘shma dastur va startop biznes loyihalarni ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish, ilm-fan hamda ishlab chiqarish sohalarini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish.

 

Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish