Xayriya tadbiri
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida IIBB xodimlari Toshkentda yashovchi va yordamga muhtoj bo‘lgan yana 25 ta oiladan xabar olishdi.

Bu safar Mirzo-Ulug‘bek tumani 2-son IIB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi 1-son Toshkent Akademik litseyi o‘quvchilari - Xoliqova A.D. va Krasnovskiy A. bilan birlashib ish tutdilar. Yoshlarning o‘zlari IIBB xodimlariga yordamlashish va sahovat aktsiyasida ishtirok etish istagini bildirdilar. Ular birgalikda Mirzo-Ulug‘bek tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3-son sektoridagi “Shahrisabz, “Oqqo‘rg‘on”, “Nur”, “Asaka”, “M. Ismoiliy”, “Mustaqillik”, “Lashkarbegi”, “Oqibat”, “Darxon”, “X. Olimjon” mahallalarida yashovchi fuqarolardan xabar olish uchun yo‘l oldilar.
Joylarda odamlarga topishirilgan oziq-oqvat mahsulotlari jamlangan sumkalar muruvvat va ko‘mak timsoli bo‘ldi. Shu bilan birga uchrashuvlar davomida fuqarolar xodimlar bilan bo‘lgan suhbat davomida o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan va bugungi kunda dolzarb bo‘lgan barcha savollarini berib, xodimlar maslahatlarini tinglashdi.
“Sahovat va ko‘mak” yuraklarni zabt etdi: muhtojlarga moddiy va jismoniy yordam qo‘lini cho‘zish imkoniyati bo‘lgan ko‘plab fuqarolar xodimlardan aholining ijtimoiy zaif qatlamiga qay tarzda yordam berish mumkinligi, sahovat ishlarida qanday ishtirok etish mumkinligi haqida savollar berishdi. Karantin cheklovlari bugungi kunda turli munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin, ammo bir narsa o‘zgarmaydi: shahrimizda yashovchi har bir fuqaro yordamga muhtoj insonlar haqida tez-tez qayg‘urib, ko‘mak, mehr va oddiy suhbat ham muhimligiga ishonch hosil qilmoqdalar.
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |