Toshkent viloyat bo‘lim boshqaruv raisi

Toshkent viloyat bo‘lim boshqaruv raisi

Toshkent viloyat bo‘lim boshqaruv raisi
Toshkent viloyat bo‘lim boshqaruv raisi
Toshkent viloyat bo‘lim boshqaruv raisi
Rahbar : Shoismanov Dilshod Shoismanovich
Qabul : Haftaning: Seshanba va Juma soat: 10:00-12:00
Telefon : (70) 762-53-38
Fax : (70) 762-53-31
Manzil : Nurafshon shahri, Hurramlik ko‘chasi, 3-uy,

Biografiya

2001-2004 yy. - Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi talabasi

2002-2003 yy. - Toshkent viloyati Chirchiq shahar 41571-harbiy qism texnik bo‘limi chizmachi-konstruktori

2003-2005 yy. - Toshkent viloyati Chirchiq shahar 41571-harbiy qism texnik bo‘limi texnik-konstruktori

2005-2006 yy. - Toshkent viloyati Chirchiq shahar 41571-harbiy qism texnik bo‘limi muhandis-konstruktori

2006-2011 yy. - Toshkent viloyati Chirchiq shahar 41571-harbiy qism texnik bo‘limi konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis- shartnoma asosida harbiy xizmatchisi

2012-2012 yy.-Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi

2012-2019yy.- Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi

2019-2019 yy. -Toshkent viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasida doimiy asosda ishlovchi komissiya kotibi

2019-2020 yy. - Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent viloyati kengashi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b

2020-2020 yy.- Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent viloyati kengashi raisining birinchi o‘rinbosari v.v.b.

2020 y.  -  h.v. - O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati bo‘limi ijrochi direktori v.b.

Lavozim majburiyati

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda “Mahalla” fondi Ustaviga qa’tiy rioya etgan holda faoliyat yuritadi. Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi.

“Mahalla” fondi faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi.

Fond bo‘linmalarining shuningdek, Fond qoshida tashkil etilgan korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, yo‘naltiradi va nazorat qiladi hamda faoliyati to‘g‘risida zarur materiallar va axborotlar talab qiladi.

Fondning moliya-iqtisodiy, xo‘jalik faoliyatini yo‘naltiradi, uning mulki va mablag‘idan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.

Faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, fondning bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlaydi.

Yo‘nalish bo‘yicha biriktirilgan mutaxassislarga xizmat vazifalarini taqsimlab beradi, ish faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi.

Buxgalteriya hamda xo‘jalik xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Vasiylik Kengashiga moliya-xo‘jalik yo‘nalishida hujjatlarni tayyorlaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslar, korxona, tashkilot va muassasalardan kelgan xat, ariza va murojaatlarni o‘rganadi, natijasi yuzasidan ma’lumot beradi hamda fuqarolarni qabul qiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ijtimoiy tadbirlarga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali taqsimlanishi hamda rasmiylashtirilishini tashkil etadi, ta’minlaydi va nazorat qilib boradi.

Fondning shahar va tuman bo‘linmalari buxgalter va bosh mutaxassislar lavozimiga nomzodlar bo‘yicha boshqaruv raisiga taklif kiritadi.

Fond viloyat raisiga Fond tarkibidagi korxona va tashkilot rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi taklif kiritadi.

Vasiylik kengashi va Fondning viloyat boshqaruvi raisi bilan kelishilgan holda, Fondning pul mablag‘lari va mol-mulkini yuritadi.

Fond viloyat boshqaruvi raisiga Fondning viloyat hamda shahar, tuman bo‘linmalari xodimlarining shtatlar jadvali va ish haqi miqdori loyihalarini tasdiqlash uchun kiritadi.

Fond viloyat boshqaruvi raisiga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Fond viloyat boshqaruvi xodimlarining ish tartibi, dam olishi, sog‘lomlashtirilishi va ijtimoiy muhofaza qilinishi bo‘yicha taklif kiritadi.

Fond boshqaruvi raisining buyrug‘iga binoan tegishli hududiy bo‘linmalarga umumiy kuratorlikni amalga oshiradi.

Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish