Yangiliklar

Mehr-saxovat va muruvvat bayrami

Toshkent viloyat
Mehr-saxovat va muruvvat bayrami

1 Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyat bo‘limi tashabbusi bilan O’rta Chirchiq tuman, “Oq ota” mahallasida xayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda mazkur mahallada istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oila farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolajonlar ishtirok etishdi.   

– Avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda imkoniyati cheklangan bolajonlarning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilyapmiz, – deydi fondning O’rta Chirchiq tuman bo‘linmasi raisi Narimon Hayitqulov. – Chunki bu bayram, eng avvalo, mehr-saxovat va muruvvat bayrami. Bolalarga ulashilayotgan har bir sovg‘a ularning hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi shubhasiz.

Ta’kidlash kerak, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan bugun respublikamizning barcha hududlarida xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda. Mahalliy hokimliklar va homiylar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadbirlarda ehtiyojmand oila farzandlari va nogironligi bor bolalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish va ortopedik moslamalar sovg‘a qilinmoqda.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati  

105 | 01.06.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish