Yangiliklar

H.Narzullayevning murojaati yuzasidan

Buxoro viloyati
H.Narzullayevning murojaati yuzasidan

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda G’ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi Hikmatullo Narzullayening “Mahalla” xayriya jamoat fondi nomiga nisbatan asossiz fikrlari tarqaldi.

Mahalliy telegram kanallarining biri orqali tarqagan postda “Ubai-kalon” qishlog‘ida yashovchi H.Narzullayev 3 oy oldin O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaat qilib, moddiy yordam so‘ragani, ammo uning murojaati e’tiborsiz qolib ketayotganini ma’lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan mazkur xabardan keyin “Mahalla” xayriya jamoat fondi vaziyatni to‘lig‘icha nazoratga oldi. O’rganish natijalariga ko‘ra, virtual qabulxonaga H.Narzullayev emas, balki uning onasi Shohista Qobilova murojjat qoldirgani ma’lum bo‘ldi. Sh.Qobilova o‘z murojaatida boquvchisini yo‘qotganligi, qaramog‘ida 4 nafar farzandi borligini aytib, mutasaddi idoralardan moddiy yordam so‘ragan. Shundan keyin “Mahalla” xayriya jamoat fondi huddudagi tadbirkorlar bilan hamkorlikda Sh.Qobilovaga 1 qop un va oziq-ovqat mahsulotlarini olib bergan. Shuningdek, fuqaroga moddiy yordam olish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini orqali budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish bo‘yicha tegishli huquqiy tavsiyalar berilgan.

Darvoqe, mahalliy telegram kanali orqali tarqatilgan xabarda H.Narzullayev virtual qabulxonaga qilingan murojaat bo‘yicha o‘rganish olib borilmaganini ta’kidlaydi. Aslida esa murojaat to‘liq o‘rganilgan. Murojaatning o‘rganilgani yuzasidan joriy yilning 25 mart kuni dalolatnoma ham rasmiylashtirilgan. Dalolatnomaga “Mahalla” xayriya jamoat fondi G’ijduvon tuman bo‘linmasi hisobchisi,  “Denov” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari hamda virtual qabulxonaga murojaat yo‘llagan Sh.Qobilova ham imzo chekkan.

Ayni paytda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat bo‘limi xodimlari muammoni batafsil o‘rganish maqsadida G’ijduvon tumanida borishgan. O’rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

39 | 05.06.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish