Yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda

Andijon viloyati
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda

Andijonning barcha tuman va shaharlarida Qurbon hayiti bayrami oldidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar olinmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 13 iyuldagi “Qurbon xayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, qolaversa, Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida Marhamat tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari ulashildi.  

Qurbon hayiti oldidan tuman «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tomonidan mahallalardagi «Temir daftar»ga kiritilgan 150 nafar, «Mahalla» hayriya jamoat fondi tomonidan esa 25 nafar, jami 175 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Fuqarolarga berilayotgan xayriya paketlarida go‘sht, paxta yog‘i, makaron, guruch singari bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.  

Andijonda bu kabi xayriya va saxovat ishlari davom etmoqda.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA

143 | 23.07.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish