Yangiliklar

“Saxovat uyi”dagi keksalar yo‘qlandi

Namangan viloyati
“Saxovat uyi”dagi keksalar yo‘qlandi

Namanganda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Siz mehr va e’tiborimizdasiz” shiori ostida mehr-muruvvat tadbirlari tashkil etildi.

Saxovat mashinalarining ilk manzili – davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilab berilgan topshiriqlar asosida yangitdan barpo etilgan “Saxovat uyi”da bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, yolg‘iz keksalar va nogironlar uchun Namangan shahrining Davlatobod tumani “Orzu” massivining bahavo joyida qurib bitkazilgan ushbu maskanda nuroniylarning yashashi uchun barcha qulay sharoitlar yaratib berilgan.

Qurbon Hayiti munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan viloyati bo‘limi muruvvat dargohida istiqomat qiluvchi har bir kishiga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida fond qoshidagi “Mahalla iftixori” unitar korxonasida ishlab chiqarilgan ko‘rpa mahsulotlari taqdim etildi.

– Prezidentimizning Namanganga tashrifi hayotimizni butkul yaxshi tomonga o‘zgartirib yubordi, – deydi “Saxovat uyi” keksalar va nogironlar uchun internat uyida istiqomat qiluvchi Tamara Urinbayeva. – Hozirgacha biz qariyalar ko‘rimsiz, eski pastqam binolarda, nurab ketgan xonalarda yashashga majbur bo‘lgandik. Davlatimiz rahbari aytgan muddatda 120 o‘rinli zamonaviy binoga ko‘chib o‘tdik. Bu yerda men kabi har bir keksa uchun alohida yashash xonasi, hammom, muzlatgich, televizor mavjud. Kunimiz zavqli o‘tmoqda. Shifokorlar vaqti-vaqti bilan ko‘rikka kelib turadi. Yaqinda senator tashabbusi bilan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tgandik. Mana, “Mahalla” fondi xodimlari hayitlik tariqasida bizlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Biz bu e’tibordan minnatdor bo‘ldik.

“Saxovat uyi”dagi yo‘qlovdan keyin “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyati bo‘limi tomonidan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 130 ta xonadonga borilib, ularga oziq-ovqat va boshqa muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.

Qurbon hayiti kunlaridagi bunday savobli ishlar xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni namoyon etish, milliy-diniy qadriyatlarimizni yanada ulug‘lashga xizmat qiladi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

230 | 23.07.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish