Yangiliklar

Sirdaryolik ehtiyojmand aholiga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Sirdaryo viloyati
Sirdaryolik ehtiyojmand aholiga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Xalqimizning mehr-oqibat, ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan ayyomi – muborak Qurbon hayiti kunlarida mehr va e’tiborga, ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, beg‘araz yordam berish ezgu an’anaga aylangan.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bo‘limi, uning tuman, shahar bo‘limi xodimlari viloyatda istiqomat qilayotgan 170 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Ularga fondning “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 44 million 500 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari taratildi.

Qolaversa, Yangiyer shahridagi "Muruvvat" nogiron ayollar internat uyida davolanayotgan nogiron va ruhiy depressiyaga uchragan 19 yoshdan 86 yoshgacha bo‘lgan 1- va 2-darajali nogironligi bo‘lgan 150 nafar, Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” nogiron ayollar internat uyida davolanayotgan 250 nafar xotin-qiz uchun Qurbon hayiti munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi. Ularga kundalik zaruriy buyumlar va antiseptik vositalari berildi.

– Bemorlarimiz, turli yoshdagi, turli qarashdagi odamlar, – deydi Yangiyer "Muruvvat" nogiron ayollar internat uyi direktori, psixolog Nafisa Sharipova. – Ular ruhiyati o‘ta o‘zgaruvchan. Ular orasida o‘qituvchi, shifokor, davlat tashkilotlarida ishlagan ayollar bor. Ko‘ngilliga qaraymiz, davolaymiz. “Mahalla” xayriya jamoat fondi bundan bir necha oy oldin, Iydi Ramazon oyida ayollarimizni yo‘qlab, xayr-saxovat ko‘rsatgan edi. Mana bugun, Qurbon hayiti kunlarida yana yo‘qlashdi. Katta rahmat. Nima bo‘lganda ham bemorlarimiz mehr-muruvvatga, yordamga muhtoj.

Sirdaryoda saxovat tadbirlari davom etmoqda. Ko‘ngli o‘ksiklar holidan xabar olinib yordam ko‘rsatilmoqda.  

Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA

158 | 23.07.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish