Yangiliklar

Sirdaryoda “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sport-sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati
Sirdaryoda “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sport-sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi

Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy faollikni yo‘lga qo‘yish borasida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati hududiy boshqaruvi xodimlari tomonidan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.  

Mahalla fuqarolar yig‘ini, sog‘liqni saqlash tizimi hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida “Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi”, “Sportni sev, sport bilan yasha” shiorlari ostida o‘tkazilayotgan tadbirlari shular jumlasidandir.

– Sport-sog‘lomlashtirish tadbiri Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Anvar Narzullayev. – Tadbirda xayriya fondining shahar va tuman bo‘limlarida ishlaydigan barcha xodimlar ishtirok etdi.

“Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostidagi sport, sog‘lomlashtirish tadbirida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, maxsus yo‘lak bo‘ylab yugurish, 5000 qadam yo‘lak bo‘ylab piyoda yurish kabi turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

G’oliblarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi tomonidan ta’sis etilgan esdalik va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

O’tkazilgan sport sog‘lomlashtirish tadbiri endi jamoat fondning shahar va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z hududlarida o‘tkazilib, unga aholining keng qatlami jalb etiladi.  

Mahalla fondi

matbuot xizmati

161 | 08.09.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish