Yangiliklar

Namanganlik faol hasharchi-terimchilar munosib rag‘batlantirilmoqda

Namangan viloyati
Namanganlik faol hasharchi-terimchilar munosib rag‘batlantirilmoqda

Namangan viloyati dalalarida, erta bahorda yaxshi niyatlar bilan 63 ming 406 gektar maydonga chigit qadalgan bo‘lib, ayni paytda 216 ming tonnalik “oq oltin” xirmonini nest-nobud qilmay, yog‘in-sochin damlarga qoldirmay yig‘ishtirib olish borasidagi ishlar qizg‘in tusga kirdi.

Hosilni uyishda paxtachilik klasterlari bilan birgalikda, paxtakorlarga ko‘ngilli ravishda uzoq-yaqindan kelayotgan hasharchilar ham yaqindan madadkor bo‘lmoqda.  

Buning natijasida, paxta mavsumida ixtiyoriy ravishda faol ishtirok etayotgan yoshu keksa o‘z oilalarining daromadlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu jarayonda Namangan shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan dalaga borish istagini bildirgan fuqarolarning faolligini alohida ta’kidlash joiz.

Namangan viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va Uchqo‘rg‘on tumani hokimligi hamkorligida yig‘im-terimni tashkil etishda o‘rnak bo‘layotgan mahalla fuqarolar yig‘inlari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib kelinmoqda.  

Bundan tashqari, terimda kunlik sur’atni oshirgan holda 100 kilogramdan ortiq “oq oltin” yig‘ishtirishda boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan peshqadam hasharchi-terimchilar ham munosib rag‘batlantirilmoqda.

“Mahalla” fondi hamda viloyat Nuroniylar kengashi tomonidan “oq oltin” mavsumi davomida bunday rag‘batlantirish tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish ko‘zda tutilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O’zA

79 | 07.10.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish