Yangiliklar

E’zozu e’tibordan ko‘ngillar shod

Xorazm viloyati
E’zozu e’tibordan ko‘ngillar shod

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faollinini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning 4-10 oktabr kunlari yurtimizda “Keksalar haftaligi” deb e’lon qilindi.

Ushbu haftalik doirasida “Mahalla” hayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi ham keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanishga qaratilgan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, Bog‘ot tumanidagi Mirishkor qishlog‘ida joylashgan 4-son musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbirda keksa avlod vakillari yoshlarga o‘z hayot yo‘llari haqida so‘zlab berdilar. Berilgan savollarga keksalar o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib javob berishdi.

Tadbirda tuman madaniyat uyi san’atkorlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish qilindi. Barcha faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday tadbirlar boshqa mahallalar, korxona va tashkilotlarda ham bo‘lib o‘tmoqda.

Ro‘zimboy Hasan,

“Yangi O’zbekiston” muxbiri

39 | 08.10.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish