Yangiliklar

Inson qalbiga yo‘l mehr va saxovatdan boshlanadi

Toshkent shahar
Inson qalbiga yo‘l mehr va saxovatdan boshlanadi

Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

Yetimlar, beva-bechoralar va nogironlarga, musofirlarga muruvvat ko‘rsatish, sidqidildan beg‘araz yordam berish kabi fazilatlar azaldan ma’naviy ongimizga singib ketgan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu-tashvishlarini eshitish, muammolarini hal etishga ko‘maklashish umummilliy harakatga aylanmoqda.

Poytaxtimizning Yunusobod tuman hokimligi tomonidan «Otchopar 1» Mahallasida joylashgan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va uy-joyga muxtoj fuqarolarga mo‘ljallangan 14-yotoqxonada istiqomat qiluvchi 76 nafar fuqaroning har biriga “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 15 turdagi oziq ovqat mahsulotlari va 1 million so‘mdan naqt pul berildi.

– Bizga shunday imkoniyat berilayotgani, sharoit yaratilayotgani uchun juda xursandmiz, – deydi 14-yotoqxonada yashovchi Dono Kazanova. – Yurtimizda ijtimoiy himoyaga, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor ko‘nglimizni tog‘dek ko‘taradi. Shu yurtda yashayotganim, shu yurt farzandi ekanimdan baxtiyorman.

B.Meliqulova,

O’zA

56 | 11.10.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish