Yangiliklar

Keksa avlod vakillari e’zoz va ehtiromda

Navoiy viloyati
Keksa avlod vakillari e’zoz va ehtiromda

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida barcha hududlarda joriy yilning 4-10 oktabr kunlari “Keksalar haftaligi” doirasida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu haftalik doirasida “Mahalla” hayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan ham keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, boy hayotiy tajribalaridan keng foydalanishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida keksa avlod vakillari bugungi tinch va osuda hayotimizga shukronalik keltirib, mamlakatimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shish eng oliy maqsad bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, fond xodimlari “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi 1940 yilda tug‘ilgan Elza Kogay, 1944 yilda tug‘ilgan Xamityan Sarvarov, 1944 yilda tug‘ilgan Nina Vulf, 1939 yilda tug‘ilgan G’aybullo bobo Temirov singari 20 ga yaqin fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurildi. Ularning holidan xabar olinib, 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari topshirildi.

Uchrashuvlarda ta’kidlanganidek, keksalarimizga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtirom, ularning salomatligini asrash va hayotiy tajribalaridan unumli foydalanish kelajagimiz egalari bo‘lmish farzandlarimizning ertangi kuni yanada porloq bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bunday tadbirlar “Mahalla” hayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi tomonidan nafaqat haftalik doirasida, balki yil davomida tashkil etiladi.

Abduvali Bo‘riyev,

O’zA

63 | 11.10.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish