Yangiliklar

O’zbek jang san’ati bo‘yicha O’zbekiston kubogi musobaqasining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

Namangan viloyati
O’zbek jang san’ati bo‘yicha O’zbekiston kubogi musobaqasining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi

Namangan shahridagi 4-bolalar va o‘smirlar sport maktabi mashg‘ulotlar zalida Namangan shahar hokimligi, O’zbek jang san’ati viloyat federatsiyasi, shahar turizm va sport bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘linmasi hamda mazkur sport maktabi hamkorligida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O’zbekiston kubogi musobaqasining viloyat bosqichi va shahar 1-sektor rahbari sovrini uchun bahslar o‘tkazildi.

Unda 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida 22 vazn toifasida 240 nafardan ortiq umidli sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, musobaqaga “Keksalar haftaligi” doirasida bir qator faxriy sportchilar ham taklif qilindi. Ularga  “Mahalla” xayriya jamoat fondi Namangan shahar bo‘linmasining esdalik sovg‘alari ulashildi, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Bellashuvning belbog‘li kurash turida Alixon Mallabayev, Ahmadjon Mallaboyevning chiqishlari ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.

Namangan shahar, Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlari bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallashdi. Yakunda g‘oliblarga O’zbek jang san’ati viloyat federatsiyasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar bo‘linmasining 1-, 2-, 3-darajali diplom, medallari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ibodulla Jabborov,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

Namangan shahar bo‘linmasi boshlig‘i

48 | 13.10.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish