Yangiliklar

Hech kim, hech qachon e’tibordan chetda emas

#Sirdaryo
Hech kim, hech qachon e’tibordan chetda emas

Sirdaryoda aholining ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondining Oqoltin tuman bo‘limi tumanda istiqomat qilayotgan va sog‘lig‘ini yo‘qotgan ya’ni davolanishga muhtoj insonlarga fondning “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan moddiy  yordam ko‘rsatmoqda.

Tumanning “Yangi davr”, “Obod”, “Ahillik”, “Bo‘ston”, "Mustaqillik", "Ko‘rkamdiyor”, "Ahillik" mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolarga sog‘liklarini tiklashi uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.

– Xalq deputatlari tuman kengashi a’zolari, nodavlat-notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda og‘ir ahvolga tushib qolgan aholiga aniq va manzilli ijtimoiy yordamlarni ko‘rsatmoqchimiz, –deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Oqoltin tuman bo‘limi raisi Nurali Mirzayev. – Bu esa ular uchun katta yordam bo‘ladi. Muhimi, e’tibordan chetda qolmaydi.  

Bundan tashqari tumanda ishsiz, turmush sharoiti og‘ir “Ayollar daftari” va “Temir daftar” ro‘xatiga kiritilgan fuqarolarga ham ko‘mak ko‘rsatmoqda. Natijada, ular fondning “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi pul mablag‘lari hisobidan tikuv mashinali, chorvachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar qora mol, parrandachilikni yo‘lga quymoqchi bo‘lganlar parranda bilan ta’minlanmoqda. Ta’mirtalab uy-joyini ta’mirlashni istab, murojaat qilganlar qayta ta’mirlangan uy-joylarga ega bo‘lmoqda.

Shuhrat Suyarov, O’zA

47 | 24.11.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish