Yangiliklar

“Mahalla” fondi “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda

#Qashqadaryo
“Mahalla” fondi “Yashil makon” loyihasida faol ishtirok etmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kuni-kecha “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berilgan edi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi ham loyiha doirasida hududlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishda faol ishtirok etmoqda.

Bugun fondning Qashqadaryo viloyat bo‘limi viloyatda tashkil etilgan “Bir million daraxt” aksiyasida ishtirok etdi.

– Qarshi shahridagi “Abu-Ubayda ibn Jarroh” ziyoratgohida tashkil etilgan mazkur aksiya atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida o‘tkazilmoqda, – deydi fond viloyat bo‘limi raisi N.Mahmatov. – Aksiya doirasida 1000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdik. Loyiha doirasidagi tadbirlarimiz G’uzor, Dehqonobod va Yakkabog‘  tumanlarida ham davom etmoqda.

Ta’kidlash kerak, “Mahalla” xayriya jamoat fondi ushbu umummilliy loyiha doirasida nafaqat daraxt ekish ishlariga, balki hududdagi kam ta’minlangan oilalar holidan ham xabar olishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. 

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

55 | 24.11.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish