Yangiliklar

Aholi farovonligi yo‘lida

#Navoiy
Aholi farovonligi yo‘lida

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati Karmana tuman bo‘linmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahallalarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda tumanda 39 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularda yashovchi aholi xonadonlari va hududlarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi va bunda 2 ming nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.

Tumanda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlarida tashkil etilgan ixcham issiqxonalarda ikki-uch marta hosil olish imkoniyati yaratilishi natijasida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirilgan mahallalar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. 2020 yilda 7 ta, 2021 yilda esa yana 10 ta mahalla ixtisoslashtirildi.

Natijada 2021 yil hosili uchun 28 474 ta aholi xonadonidagi 1702 gektar tomorqa yerlaridan samarali foydalanish yyo‘lga qo‘yilib, mavjud tomorqa yerlaridan yiliga uch marta hosil olinmoqda. Shuningdek, joriy yilda 885 gektar tomorqa yerlariga 2022 yil hosili uchun to‘qsonbosti ekinlarini ekish reja grafiklari belgilab olindi.

Shuningdek, fond tuman bo‘linmasi tomonidan aholini bir martalik moddiy rag‘batlantirish ishlari ham olib borilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlarini moddiy rag‘bartlantirish bo‘yicha 110 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularga bir martalik moddiy yordam mablag‘lari to‘lab berildi.

Shuningdek, tumanda 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini – “Arabxona”, “Xoncharbog‘”, “Ziyokor”, A.Navoiy, “Nurafshon”ga kompyuter jamlanmasi, 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga – “Ayronchi”, “Beshkent”, “Allon” mahallalariga mebel jamlanmalari yetkazib berildi.

Abduvali Bo‘riyev, O’zA

56 | 25.11.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish