Yangiliklar

O’zbekiston – keksalari e’zozlangan yurt

#Buxoro
O’zbekiston – keksalari e’zozlangan yurt

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hokimligi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida «Keksalar uchun turizm oyligi» doirasida nuroniylar va yoshlar, keng jamoatchilik ishtirokida «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.

Oylik doirasida tuman nuroniylarining navbatdagi manzili «Qobul ota» masjidi bo‘ldi.  

Masjidning umumiy maydoni 1 gektarga yaqin bo‘lib, bino ikki qavatdan iborat. Masjidning ichki sig‘imi 5 mingdan ortiq namozxonga ibodat qilish imkoniyatini beradi. Hovli bilan hisoblaganda 10 ming kishi bir vaqtning o‘zida ibodatni amalga oshira oladi. Masjidning o‘rtasida 37 metr balandlikda gumbaz qilinib, binoning old qismida 41 metr balandlikdagi ikkita minora qad ko‘tarmoqda.

Bu yerda zamonaviy tahoratxona, imom xatib, noib, mutavalli, muazzin va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega ma’muriy bino ham qad ko‘tarmoqda.  

So‘ng nuroniylar Xalqaro matematika maktabiga bordi, ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Maktab muzeyi va kutubxona ularda katta taassurot qoldirdi.

Xalqaro ta’lim maskanida «Nuroniylar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida salohiyatli yoshlar maktab hayoti va o‘quv jarayonlari haqida o‘zbek, ingliz, rus tillarida so‘zlab berdi. Maktab tarixi, buguni va erishilgan yutuqlar haqidagi roliklar namoyish etildi.

Qorako‘l tumanida amalga oshirilayotgan islohotlarni Tibbiyot birlashmasi fonida ham ko‘rish mumkin. Faxriylar tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar, qulayliklar bilan tanishdi.  

Davlat rahbarining tashabbusi bilan tumanda tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir jarohatlanishi markazi qurilishi loyihalashtirilgan.  

Ayni paytda 3,3 milliard so‘mlik mablag‘ hisobiga diagnostika binosini qurish ishlari davom etmoqda. Ikkinchi bosqichda qabulxona va 20 o‘ringa mo‘ljallangan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limini 1,4 milliard so‘mga kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Qorako‘ldagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar internat uyida xayriya tadbiri ham tashkil etildi.

 Zarif Komilov, O’zA

74 | 25.11.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish