Yangiliklar

“Temir daftar”dagi oilalarga 27 million so‘mlik vositalar berildi

#Samarqand
“Temir daftar”dagi oilalarga 27 million so‘mlik vositalar berildi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ushbu toifadagi aholi qatlami bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish vazifasi belgilab berilgan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi mahallalarda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning istak va talablaridan kelib chiqib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Payariq tuman bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 27 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Ushbu mablag‘ hisobidan 30 ta oila vakillariga tikuv mashinasi, pishiriq tayyorlash pechi hamda payvandlash uskunasi olib berildi. Shu orqali ularning daromad topib, ro‘zg‘or tebratishiga imkoniyat yaratildi.

– Qurilishda ishlaganman va shu sohani tushunaman, – deydi I.Ravshanov. – Shuning uchun mahalladan qanday yordam beraylik deb so‘rashganida payvandlash uskunasi olib berishlarini aytgandim. Bugun ushbu uskunani topshirishdi. Bu imkoniyatdan foydalanib, oilaviy sharoitimizni yaxshilaymiz va “Temir daftar”dan chiqamiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunga qadar Payariq tumanida 3694 ta oila “Temir daftar”ga kiritilgan bo‘lib, hozirgacha ularning 3589 tasiga amaliy yordam berilib, ro‘yxatdan chiqarildi.

G’.HASANOV, O’zA

52 | 25.11.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish