Yangiliklar

Askar onalarini sharaflaymiz

#Samarqand
Askar onalarini sharaflaymiz

Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Uning tinchligini saqlash, tug‘ilib o‘sgan zaminni qo‘riqlash esa er yigitlarning muqaddas burchi. Mamlakatimizda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni oldidan o‘tkazilayotgan qator madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ana shu burchni sadoqat bilan ado etayotganlar sharaflanmoqda .

Samarqand shahrida joylashgan Markaziy harbiy okrugining Madaniyat va ma’rifat markazida “Askar onalarini sharaflaymiz!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat bo‘limi va boshqa tashkilotlar vakillari, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning onalari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida Milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish, yurtimiz va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga hissa qo‘shish har bir yigit uchun yuksak shon-sharaf ishiga aylangani alohida ta’kidlandi.

— O’g‘lim Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrugi garnizonida muddatli harbiy xizmatni o‘tamoqda, — deydi oddiy askar S.Ummatovning onasi. — Bugun tadbirda bizga ko‘rsatilayotgan ehtiromdan boshim ko‘kka yetdi,el-yurt koriga yaraydigan o‘g‘lim borligidan faxrlandim.

Tadbirda yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning onalariga harbiy qismlarning komandirlaridan kelgan tashakkurnomalar, tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari va badiiy kitoblar topshirildi.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa barchaga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Abdulaziz Yo‘ldoshev, «Xalq so‘zi

122 | 25.12.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish