Yangiliklar

Qashqadaryolik chap o‘pkasi olib tashlangan chernobilchi nega 3-guruh nogironligiga o‘tkazildi?

#Qashqadaryo
Qashqadaryolik chap o‘pkasi olib tashlangan chernobilchi nega 3-guruh nogironligiga o‘tkazildi?

O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor chernobilchilar oilalarini Yangi yil bayrami arafasida moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, fondning Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan chernobilchilar oilalaridan xabar olindi, bayram tuhfalari hadya qilindi. Qarshi shahridagi "Nuriston" MFYda yashovchi Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan, yadro poligonlarida xizmat qilgan Jalol Nazarovdan ko‘ngil so‘ralganda, dili yorishib ketdi, tadbir ishtirokchilariga qayta-qayta minnatdorlik izhor etdi, ko‘zlari yoshlandi. Chunki ...

— Bu ko‘rgulik hech kimning boshiga tushmasin, — dedi u. — 1987 yili Chernobil atom elektr stansiyasi halokatini bartaraf etishda ishtirok etib, radiatsiya ta’sirida hushimni yo‘qotdim. Chunki men Chernobil AESga chamasi 30 kilometr masofada atom va uran qoldiqlarini ko‘mishda ishtirok etgandim. Nurlanish oqibatida bir oydan so‘ng uyimga qaytib keldim. Badanimni toshma bosib ketdi. Radiatsiya ta’siri tufayli chap o‘pkamni operatsiya qilib olib tashlashdi. Chernobil AESda nurlangan deb 2-guruh nogironligini berishdi. Ammo bir necha yildan so‘ng, meni qayta tekshirib, 2-guruh nogironi emassiz, deb 3-guruh nogironligiga o‘tkazishdi. Menga adolatsizlik qilindi. Axir qo‘limda “2-guruh nogiron, ChAES” degan hujjat turibdi. Qolaversa, radiatsiya tufayli chap o‘pkam olib tashlangan bo‘lsa...

Shu kuni Qarshi shahridagi Komilon mahallasida yashovchi chernobilchi Umiddilla Rahmatov va Naqshab mahallasidagi Nurali Toshev ham yo‘qlandi, sovg‘a-salomlar ulashildi.

— Biz Chernobil AES halokatidan ziyon ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ular bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga harakat qilamiz, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Nurali Mahmatov. — Zotan, o‘z vaqtida o‘zgalar hayoti uchun o‘z jonini ayamagan bu kabi keksalarimizni e’zozlash mamlakatimizda olib borilayotgan insoparvarlik siyosatining negizini tashkil etadi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq so‘zi”

110 | 27.12.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish