Yangiliklar

Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

#Sirdaryo
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

"Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi xodimlari yangi yil bayrami arafasida Guliston shahrida joylashgan, viloyat "Nogironlar" jamiyatiga qarashli "Nogironlar" uyida istiqomat qilayotgan nogiron, yakka-yolg‘iz, qarovchisi yo‘q fuqarolar holidan xabar oldi.

Ularga fondning "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 33 million 600 ming so‘mlik ko‘rpa-to‘shak, qishki kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika vositalari tarqatildi.

Bu yerda 70 fuqaro istiqomat qiladi. Ularning ko‘pi nogiron, qolganlari yakka-yolg‘iz, qarovchisini yo‘qotgan, mehr, muruvvat va e’tiborga muhtoj insonlar. Ular fond tomonidan har bir bayramda yo‘qlanadi. Bu esa nogironlar, ko‘ngli o‘ksik insonlarda yashashga bo‘lgan umidni uyg‘otadi.

3 ta mahallaga mebel, 5 ta mahallaga kompyuter jamlanmasi topshirildi

"Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat bo‘limi va Guliston tuman bo‘limi xodimlari ushbu tuman hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini idoralariga yangi yil arafasida yordam ko‘rsatdi.

Fond mablag‘i hisobiga keltirilgan mebellar to‘plami tumandagi "Ibrat", "Terakzor", "Mevazor" mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirilgan bo‘lsa, "Ahillik", "Sohil", "A.Navoiy", "Oqoltin", " Zarbdor" mahalla fuqarolar yig‘inlariga kompyuter jamlanmasi berildi.

Yakunlanayotgan yilda Sirdaryo viloyatidagi mahalla fuqarolari yig‘inlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash borasida fondning Sirdaryo viloyat bo‘limi va bo‘linmalari tomonidan qariyb 400 million so‘mlik mebel, kompyuter jamlanmalari yetkazib berilgan.

Sh.Suyarov,F.Toshmatov ( surat), O’zA

106 | 27.12.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish