Yangiliklar

Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi

#Navoiy
Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi

Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan 60 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, navoiyshunoslar va talaba-yoshlar ishtirok etgan konferensiyada Alisher Navoiy tomonidan amalga oshirgan saxovat ishlarini o‘rganishning dolzarbligi va uning bugungi davrimiz uchun ijtimoiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Navoiy davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, Navoiy davlat pedagogika instituti, “Alisher Navoiy nodir merosini targ‘ibot markazi” jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan 60 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, navoiyshunoslar va talaba-yoshlar ishtirok etgan konferensiyada Alisher Navoiy tomonidan amalga oshirgan saxovat ishlarini o‘rganishning dolzarbligi va uning bugungi davrimiz uchun ijtimoiy ahamiyati xususida so‘z yuritildi.

Onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan konferensiyada zoom platformasi orqali “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Faxriddin Soliyev, Navoiy davlat pedagogika instituti professori, “Alisher Navoiy nodir merosini targ‘ibot markazi” jamoat birlashmasi raisi Abduhamid Xolmurodov, Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Usmon Qobilov, Qo‘qon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori Zebo Qobilova, Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti Zuhra Mamadaliyeva, Namangan davlat universiteti dotsenti Isroil Sulaymonovlar mvzu yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

– Mehr-saxovat, muruvvat, hotamtoylik o‘zbek halqiga xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, xalqimiz azal-azaldan bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lib kelgan, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Faxriddin Soliyev. – Hattoki, Alisher Navoiy haqida gap ketganda ham uning o‘z zamonasida saxiylik, bag‘rikenglik, mehr-oqibatda tengsiz bo‘lganligi tilga olinadi. Tasavvuf ta’limotini chuqur bilgan mutafakkir shoir asarlarida hayotni, voqelikni tasavvuf nigohi, aqlu shuuri bilan ko‘rdi, badiiy talqin qildi. Tasavvuf ta’limotida javonmardlik falsafasi baland maqomda turadi. Ulug‘ shoir e’tiqodi javonmardlik falsafasi mohiyati teran anglanadigan mashhur baytda o‘z ifodasini topgan:

Futuvvat borcha qilmakdir demak yo‘q,

Muruvvat borcha bermakdur yemak yo‘q.

Navoiy bobomiz o‘z vaqtida o‘zining xalqparvarlik, saxovatpeshalik fazilatini namoyon etib, Husayn Boyqaro farmoyishi bilan xalqqa solingan ortiqcha soliqni o‘z hisobidan to‘lab yuborgan. Bunday voqealar siyosiy faoliyati davomida bir necha bor yuz bergan.

Bu haqda Xondamirning “Makorim ul-axloq”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Zayniddin  Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye” asarlarida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Navoiy saxiylik to‘g‘risida “Mahbub ul-qulub” asarida alohida bobda qimmatli o‘gitlar qilgan:

“Faxrlanish uchun bermoq o‘zni ko‘rsatishlik va bu bilan o‘zini saxiy demak behayolikdur. Kishilar ko‘rmaguncha bermagan pastkashdir, saxiy emas. Tilaganga berganni ham saxiylikdan yiroq bil, qistov bilan bermaganni yaxshiroq bil. Bitta nonni ikki bo‘lib, yarmini bir ochga berganni saxiy degil, o‘zi yemay barini muhtojga berganni saxiy do‘st degil”

Saxiy o‘zidagi bor narsani boshqadan qizg‘anmaydigan, foniy dunyo rohat-farog‘ati o‘tkinchiligini anglab yetgan, bu dunyodagi qilingan har bir ezgu, savob ish oxirat sinovlaridan o‘tib, chin saodatga yetishishning asosiy vositasi deb bilgan kishidir. Navoiy umr bo‘yi kishilarni ana shu fazilatlarga ega bo‘lishga chaqirdi.

Konferensiyada Hazrat Alisher Navoiy ijodidan namunalar, uning asarlaridan ruhlangan holda yaratilgan muxammaslar, she’rlar o‘qildi.

Konferensiya yuzasidan “Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi” nomli maqolalar to‘plami chop etildi va ishtirokchilarga tarqatildi. 

115 | 28.12.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish