Yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

#Navoiy
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 21 dekabr kuni “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Nurota tumanida ro‘yxatga olingan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 864 ta oilaga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Jumladan, “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan 81 ta oilaga 64 million 800 ming so‘m, 18 yoshgacha farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi 421 ta oilaga 336 million 800 ming so‘m va nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan 362 ta oilaga 289 million 600 ming so‘m mablag‘ tarqatilmoqda.

Yangi yil sovg‘alari ulashilmoqda

Zarafshon shahrida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz hamda nogironligi bo‘lgan oilalarning farzandlari uchun shahar hokimligi, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablag‘ evaziga 13 ta MFYdagi 40 nafar bolajonga Yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.

Shuningdek, 2021 yil 21 dekabrda Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida”gi navbatdagi sessiya qarori bilan Zarafshon shahrida istiqomat qilayotgan ijtimoiy va tibbiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 10 nafar fuqarolarga davolanishi va moddiy ahvolini tiklash uchun ajratilgan 10,4 million so‘mlik bir martalik moddiy yordam mablag‘i o‘z egalariga yetkazildi.

Abduvali Bo‘riyev, O’zA

119 | 28.12.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish