Yangiliklar

“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida musobaqa tashkil etildi

#Toshkent_shahar
“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida musobaqa tashkil etildi

Koronavirus pandemiyasi jismoniy tarbiya inson salomatligini ta’minlashda muhim omil ekanini yana bir karra isbotladi. Shu bois fuqarolarning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi ham tizimda mehnat qilayotgan xodimlar salomatligini ta’minlash maqsadida haftaning shanba kunlari sport musobaqalarini tashkil etib kelmoqda. “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi navbatdagi musobaqa Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tdi.

— Astrobod mahallasidagi akademik litseyning sport zalida tashkil etilgan musobaqada barcha tumanlardan jamoalar ishtirok etdi, — deydi fond Toshkent shahar bo‘limi raisi A.Dalaboyev. — Yakuniy natijalarga ko‘ra, fondning Yunusobod tuman bo‘linmasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerak, fondning Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan dekabr oyining o‘zida sportning shaxmat-shashka, voleybol va qo‘l to‘pi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

106 | 28.12.2021
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish