“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi ehtiyojmand oilalarning tayanchi va suyanchiga aylandi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning chin ma’nodagi tayanchi va suyanchiga aylandi. O’tgan bir yil davomida jamg‘arma mablag‘larining manzilli yo‘naltirilgani aksariyat yurtdoshlarimizning og‘irini yengil qildi, ularga madad bo‘ldi.
O’tgan yil va joriy yilning shu davriga qadar ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamg‘arma mablag‘laridan salkam 130 milliard so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, “Temir daftar” dagi oilalarni qo‘llab-quvvatlashga 230 milliard so‘mga yaqin malbag‘ ajratildi.
Jamg‘arma mablag‘lari mahallalarda tashkil etilgan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarni ham moddiy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. 2021 yil va joriy yilning o‘tgan 1 oyi davomida 131 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ana shu maqsadda sarflangan.
“Mahalla” fondi
matbuot xizmati
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |