Xayru saxovatning katta-kichigi bo‘lmaydi
Xayru saxovat, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zish ishlari bir qadar

Xayru saxovat, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zish ishlari bir qadar keng qamrov va jadallik kasb etadigan muborak Ramazon oyida Samarqand viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qator ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Xususan, Samarqand shahrida yashovchi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj 32 nafar bemorning jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va salomatligini tiklashi uchun 113,5 million so‘mlik beg‘araz moddiy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuz oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
— Joriy yil mart oyida xonadonimizda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida anchagina jabr ko‘rdik, — deydi Samarqand shahridagi “Kaftarxona” mahallasida yashovchi Feruza Axadova. — “Mahalla” xayriya jamoat fondining “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oilamizga 13,5 million so‘mlik moddiy yordam ajratildi. Hozirgi sharoitimizda bu ham bizga katta madaddir. Axir xayru saxovatning katta-kichigi bo‘lmaydi.
Xuddi shunday, fondning tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan viloyatning barcha hududlarida saxovat tadbirlari davom etmoqda.
Abdulaziz Yo‘ldoshev,
“Xalq so‘zi”
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |