Yangiliklar

Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

O’zbekiston karlar jamiyati Farg‘ona viloyat hududiy bo‘limida viloyat hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘limi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

  Unda  mamlakatimizda  inson  qadr-qimmatini ulug‘lash, ijtimoiy  himoyaga muhoj aholi qatlamlarini  qo‘llab-quvvatlash borasida amalga  oshirilayotgan amaliy  islohotlar ijrosi doirasida bajarilgan ish ko‘lamlariga  e’tibor qaratildi.

Xususan, mamlakatimiz rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod  qarorlar qabul qilindi. Ezgu maqsadlarni qamrab olgan islohotlar “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishda yanada keng qamrab olingani e’tirof etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida dilrabo kuy va qo‘shiqlar yangradi, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar  uchun internat uyi va “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida yashovchilar holidan xabar olinib, “Mahalla” xayriya jamoat  fondi tomonidan  esdalik sovg‘alari topshirildi.

Vodiy24

35 | 15.09.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish