Yangiliklar

“Mahalla” sport musobaqalari o‘tkazildi

“Mahalla” sport musobaqalari o‘tkazildi
“Mahalla” sport musobaqalari o‘tkazildi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, fondning viloyat va shahar (tuman) bo‘linmalari o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat va shashka, arqon tortish, stol tennisi hamda darts sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Shaxmat va shashka sport turi bo‘yicha musobaqalarda fondning viloyat bo‘limi boshqaruvi iqtisodchisi Umurzakova Madinaxon – birinchi, Dang‘ara tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Usmonova Irodaxon – ikkinchi, fondning viloyat bo‘lim boshqaruvi sho‘‘ba mudiri Shabirov Orifjon – uchinchi o‘rinni egalladi.

Stol tennisi sport turi bo‘yicha bellashuvlarda Rishton tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Voxidov Dilshodjon – birinchi, Farg‘ona shahar bo‘linmasi katta buxgalteri Muxammadaliyeva Kamolaxon – ikkinchi, Uchko‘prik tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Mamaziyayev Muxammadoxun – uchinchi o‘rinni olishdi.

Darts sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada esa 1-o‘rinni Buvayda tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Muqimov Saminjon, 2-o‘rinni fondning viloyat bo‘lim boshqaruvi devonxona yetakchi mutaxassisi Usmonov Jamshidbek, 3-o‘rinni Quva tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Muxammadjonov Xayrullo egalladi.

G’oliblarga fondning viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Vodiy24

44 | 15.09.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish