Yangiliklar

Uchtepaliklar yangi mahalla binosiga ega bo‘ldi

Uchtepaliklar yangi mahalla binosiga ega bo‘ldi
Uchtepaliklar yangi mahalla binosiga ega bo‘ldi

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bayrami shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Namangan viloyatining Norin tumanidagi “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini yangi idoraga ega bo‘ldi.

Mahalla binosining rasmiy ochilish marosimida Norin tumani hokimligi, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, nuroniylar ishtirok etdi.

“Uchtepa” guzari tadbirkor Ixtiyor Mirzamahmudov homiyligida davlat-xususiy sheriklik shartlarida barpo qilinib, mahalla idorasi uchun 5 ta xona ajratildi.

To‘rt yarim mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi mazkur mahallada yig‘in idorasi oldinlari tadbirkorga tegishli bo‘lgan joyda atigi ikkita xonada ishlab kelgan. O’z navbatida, “Mahalla” fondi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati uchun zaruriy mebellar va kompyuter to‘plami bilan to‘liq ta’minlab berildi.

– To‘yni to‘yona bilan nishonladik, – deydi “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Dilshod Sheraliyev. – Bu ham mahallamiz uchun unutilmas, tarixiy kunga aylandi. Bunday e’tibordan ruhlangan holda, kelgusida ham davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Mahalla raisi - islohotchi” tamoyili asosida izchil va samarali ishlashga intilamiz.

 Oqilxon Dadaboyev, O’zA

29 | 15.09.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish