Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mahalla” fondiga tadbirkorni sindirish nega kerak” sarlavhali maqolaga rasmiy munosabat

rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Mahalla” fondiga tadbirkorni sindirish nega kerak” sarlavhali maqolaga rasmiy munosabat

Kuni-kecha “EFFECT.UZ” saytida “Mahalla” fondiga tadbirkorni sindirish nega kerak” sarlavhali videomurojaat e’lon qilindi. Videomurojaatda Yakkasaroy tumani “Shohjahon” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Akbar Qilichov o‘zi faoliyat yuritayotgan fotostudiya binosini “Mahalla” fondi noqonuniy ravishda olib qo‘yayotgani haqida gapirib o‘tdi.

Mazkur murojaat fond respublika boshqaruvi tomonidan atroflicha o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, “Shohjahon” mahallasidagi fotostudiya binosi Toshkent shahar hokimining 2012 yil 18 maydagi 424-sonli qarori va Yakkasaroy tuman hokimining 2015 yil 20 oktyabrdagi qaroriga asosan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yakkasaroy tumani bo‘linmasiga tegishli.

 

Ammo fuqaro Akbar Qilichov 2020 yil 7 fevral kuni fotostudiya binosiga egalik huquqini olish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining (sudya U.Suyunov) 2020 yil 08 fevraldagi 4-1001-2008/1609-sonli hal qiluv qarori bilan YaTT “Uralova Muxlisa Suyun qizi” nomiga javobgar Toshkent shahar Yer resurslari va ko‘chmas mulk kadastr boshqarmasi zimmasiga Yakkasaroy tumani, Shoxjaxon ko‘chasi savdo rastalarida joylashgan 23 kv.m. bo‘lgan ob’ektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish majburiyati yuklangan.

Ammo o‘sha sudda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yakkasaroy tumani bo‘linmasiga tegishli bo‘lmagan shaxs ishtirok etgan va fond manfaatlarini himoya qilish o‘rniga teskarisini qilgan.

Shu bois fond respublika boshqaruvi joriy yilning iyul oyida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yilgi hal qiluv qarori ustidan Toshkent shahar iqtisodiy sudiga apellyatsiya tartibida murojaat qilgan. Apellyatsiya murojaatida 2020 yil 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan sudda fond mutaxassislari ishtirok etmagani, fond balansidagi binolarni hisobdan chiqarish uchun fond respublika boshqaruvi roziligi olinmagani bois birinchi instansiya sudining qarorini bekor qilish so‘ralgan. Sud majlislarida YaTT “Uralova Muxlisa Suyun qizi” vakili Akbar Qilichov Yakkasaroy tumani, Shoxjaxon ko‘chasi savdo rastalarida joylashgan 23 kv.m. bo‘lgan ob’ekt unga tegishli ekanini isbotlab beraolmagan.

Shahar iqtisodiy sudi fond respublika boshqaruvi tomonidan kiritilgan apellyatsiya murojaatini qanoatlantirgan.

Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, Akbar Qilichov O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga Toshkent shahar Iqtisodiy sudi qarori ustidan kasatsiya tartibida shikoyat qilgan. Fuqaro A.Qilichovning kasatsiya tartibidagi shikoyati joriy yilning 15 sentabr kuni ko‘rib chiqildi va fuqaroning shikoyati rad etilib, apellyatsiya sudi qarori o‘z kuchida qoldirildi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tmoqchimizki, “Mahalla” xayriya jamoat fondi o‘z balansidagi binolarda tadbirkorlar bilan uch tomonlama ijara shartnoma asosida ishlab kelayapti. Ijara shartnomasidan kelib tushayotgan mablag‘lar ehtiyojmand, yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironligi bor oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilyapti. Shu bois tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashda, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlashga har doim tayyormiz. O’z navbatida, tadbirkorlarni ham sud qarorlarini hurmat qilishga, global axborot maydonida asoslanmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatishdan tiyilishga chaqirib qolamiz.  

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati

78 | 19.09.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish