Yangiliklar

Nurotadagi ikki maktabga yuz nomdagi kitoblar sovg‘a qilindi

Nurotadagi ikki maktabga yuz nomdagi kitoblar sovg‘a qilindi
Nurotadagi ikki maktabga yuz nomdagi kitoblar sovg‘a qilindi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi, “Alisher Navoiy nodir merosini targ‘ibot markazi” jamoat birlashmasi Nurota tumanining olis cho‘l hududidagi “Yangi turmush” mahallasida joylashgan 9- va 20-umumta’lim maktablarida “Biz Navoiy ijodini o‘rganamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi.

Tadbir avvalida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi F.Soliyev ulug‘ alloma shoir ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, o‘qituvchi-pedagoglar oldida turgan vazifalarni alohida ta’kidladi.

— Hazrat Navoiy ijodiy merosi ulkan ummonki, avlodlar bu ummondan asrlar oshib duru gavharlar terib olmoqdalar, — dedi F. Soliyev. — Tadbirni o‘tkazishdan maqsad esa Navoiy asarlarini chuqur o‘rganish, ularda ilgari surilgan yuksak insoniylik g‘oyalarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, Navoiy asarlari orqali navqiron avlodda ona Vatanga muhabbat, xalqparvarlik, mehnatsevarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan Navoiy ijodidan namunalar, shoir hayoti haqida turli sahna ko‘rinishlari, g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Insholar, rasmlar tanlovi va g‘azalxonlik mushoiralari o‘tkazildi. G’oliblar va faol ishtirok etgan o‘quvchilar “Mahalla” fondi viloyat bo‘limi va “Alisher Navoiy nodir merosini targ‘ibot markazi” jamoat birlashmasi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida shu ikki maktabda ta’lim olib, bugungi kunda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan N. Djulibekov so‘zga chiqib, Navoiy merosini o‘rganishning ahamiyati, o‘zbek tiliga ehtirom zarurati, kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng har ikki maktab kutubxonasi fondiga o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarining yuz nomdagi sara asarlaridan iborat 400 dona kitoblar jamlanmasi beg‘araz topshirildi.

Temur EShBOYEV, 

Xalq so‘zi

104 | 16.11.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish