Yangiliklar

Yangibozorda ko‘chat ekish va bog‘ yaratish mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangibozorda ko‘chat ekish va bog‘ yaratish mavzusida seminar o‘tkazildi
Yangibozorda ko‘chat ekish va bog‘ yaratish mavzusida seminar o‘tkazildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida chor atrofni bog‘i-rog‘ga, yashillikka burkash maqsadida tashkil etilgan manzarali va mevali ko‘chatlarni yerga qadash ishlari Xorazmda uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi, uning Yangibozor tuman bo‘linmasi xodimlari Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi  xodimlari bilan hamkorlikda   tumanidagi “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini keng miqyosda o‘tkazish,  ko‘chat ekish, bog‘ yaratish  maqsadida “Mahalla obodligiga o‘z hissangni qo‘sh” shiori ostida seminar o‘tkazdi.

Seminarda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va maslahatchilari, hokim yordamchilari ishtirok etib, ularga  ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarini boshlashda ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan yumushlar, hudud iqlim sharoiti, yer holatiga qarab, manzarali va mevali  ko‘chat turlarini ekish  va parvarishlash yuzasidan maslahat va tavsiya berishdi.

Shundan keyin, shu yerning o‘zida  1000 ga yaqin manzarali va mevali   ko‘chatlarni ekib, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlariga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.

— Har bir ekilgan nihol kelajakda ulkan daraxtga aylanib, tabiatni yanada go‘zallashishga, atmosfera havosini  musaffolashtirishga, odamlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining oshishiga xizmat qilsin,—dedi  shu mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Erkaboy Ro‘zmetov.

Mahalla xayriya jamoat fondi Xorazm

viloyat bo‘limi matbuot xizmati

108 | 16.11.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish