Yangiliklar

“Yurak, sensan mening sozim...”

“Yurak, sensan mening sozim...”
“Yurak, sensan mening sozim...”

Navoiy davlat pedagogika institutida otashin shoir va dramaturg Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Yurak, sensan mening sozim...” deb nomlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Prezidentimizning 2022 yil 10 fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi. Tadbirda o‘zining betakror iste’dodi, go‘zal she’r va dostonlari bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan Usmon Nosir ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Qatag‘on qurbonlari” muzeyi direktori X. Qurbonovning “Qatag‘onlik davri siyosati o‘zbek ziyolilari taqdirida”, O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari T.Xo‘jayevning “Usmon Nosirning zamon ruhidagi she’rlari haqida”, J.Yo‘ldoshevning “Usmon Nosir she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari”, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi raisi F.Soliyevning “Usmon Nosir ijodi va zamonamiz” mavzusidagi ma’ruzalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

– Usmon Nosir 32 yil yashagan bo‘lsa-da, o‘zidan boy adabiy meros qoldirgan, – deydi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi direktori Xurshid Qurbonov. – U SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan “xalq dushmani” sifatida ayblangan. Usmon Nosir 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilindi va qamoqxonalarda azob-uqubatda yashadi. 1944 yilda esa vafot etdi. Uning “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Yurak”, “Mehrim” kabi she’riy to‘plamlari, “Norbo‘ta”, “Naxshon”, “Nil va Rim” dostonlari hanuzgacha kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladi.

Tadbir so‘ngida institut talabalari o‘rtasida “Usmon Nosir men – sevgan shoir”, ”Usmon Nosir ijodida inson qalbi manzaralarining aks ettirilishi”, “ Usmon Nosir – lirik shoir” mavzularida yozilgan insholar tanlovi g‘oliblari, shuningdek, “Unutmas meni bog‘im” mavzusida o‘tkazilgan kitobxonlik bellashuvi g‘oliblari aniqlandi.

G’oliblar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan munosib taqdirlandi.

Abduvali Bo‘riyev, O’zA

82 | 17.11.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish