Yangiliklar

Yutuq va kamchiliklar tahlili

Yutuq va kamchiliklar tahlili
Yutuq va kamchiliklar tahlili

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshqaruvi tomonidan 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama etilib, 2023 yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar belgilandi.

Ta’kidlandiki, fond tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlar orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj va tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan jami 627 nafar fuqaroga 149 million 203 ming 800 so‘m hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 82 ming 548 nafar fuqaroga 56 milliard 928 million 962 ming 100 so‘m ijtimoiy va moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.

Shuningdek tadbirda tizimdagi xodimlarni malakasini oshirish maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondlari tomonidan ajratiladigan davlat va ijtimoiy buyurtmalar bo‘yicha grantlarga arizalar topshirish tartibi, loyihalarni tayyorlash usul va uslublari bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.

O’lmas Barotov, O’zA.

69 | 17.11.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish