Yangiliklar

Andijonda o‘tkazilgan “Mahalla” kubogi musobaqalarida 2 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Andijonda o‘tkazilgan “Mahalla” kubogi musobaqalarida 2 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
Andijonda o‘tkazilgan “Mahalla” kubogi musobaqalarida 2 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrda qabul qilingan “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mahalla va qishloqlarda aholi keng qatlami, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sport turlariga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Ushbu hujjat ijrosi doirasida joylarda o‘tkazilayotgan “Mahalla kubogi” sport musobaqasi esa huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan yoki ichki ishlar idoralari hisobida turgan, ijtimoiy daftarlardagi oilalar farzandlari bo‘lgan 13-16 yoshdagi o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib, ular ongu shuuriga sog‘lom turmush ko‘nikmalarini singdirishga xizmat qilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan Andijonda o‘tkazilgan “Mahalla kubogi”ning viloyat bosqichida shahar va tumanlardan saralangan 32 nafar ishtirokchi stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Qizg‘in bahslarda Asaka, Marhamat va Izboskan tumanlari vakillari faol ishtirok etdilar. Marhamat tumanidagi “Shahriston” MFY yoshlari viloyat birinchiligini qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

“Mahalla kubogi” musobaqasi o‘z doirasida Andijon viloyatida ikki ming nafar yoshlarni qamrab olibgina qolmasdan, ular orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamladi.

Saminjon HUSANOV, 

Xalq so‘zi

119 | 05.12.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish