Yangiliklar

“Vatanparvar”lar taqdirlandi

“Vatanparvar”lar taqdirlandi
“Vatanparvar”lar taqdirlandi

Bugun yoshlar o‘rtasida harbiy sohaga qiziquvchilar ko‘p. Yoshlarni sohaga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bunga imkon bermoqda. Buni “Vatanparvar” tashkiloti Yakkabog‘ tuman o‘quv sport texnika klubida tarbiyalanayotgan yoshlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Yaqinda “Vatanparvar” tashkiloti tashkil etilgan kunning 31 yilligi munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yakkabog‘ tumani bo‘linmasi hamda tuman kasaba uyushmasi hamkorligida o‘quv sport texnika klubida tashkilot xodimlari va guruh o‘quvchilari o‘rtasida “Mohir mergan” sport musobaqasi va davra suhbati tashkil etildi.

Musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining merganlik mahoratini namoyish etdi. Yakunda musobaqada ishtirok etgan ishchi xodimlar va o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

O’lmas Barotov, O’zA.

121 | 05.12.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish