Hokim nogiron bolalar holidan xabar oldi
Hokim nogiron bolalar holidan xabar oldi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Buloqboshi tumani hokimi O’tkirbek Ma’murov boshchiligidagi sektor rahbarlari, Andijon viloyati xalq qabulxonasi mudiri Mamazoir Xo‘jamberdiyev, keng jamoatchilik vakillari, tumanda istiqomat qilayotgan 120 nafar nogiron ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda nogiron insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish, muammolarini bartaraf etish, turmush sharoitlarini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari – nogironlar uchun bayram dasturxoni yozildi, ularga sovg‘a salomlar ulashildi, hurmat, ehtirom ko‘rsatildi. Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdi. Shuningdek tuman hokimligi, Nogironlar jamiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmalari tomonidan tadbirda ishtirok eta olmagan nogironlarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar olindi.
Tuman hokimi O’tkirbek Ma’murov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar Uchko‘cha mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Yodgorbek Najmiddinov hamda Shohguzar mahallasida yashovchi, 1- guruh nogironi Abdulaziz Ablazizovning xonadonida bo‘ldi. Nogiron bolalarning ota-onalari bilan farzandlarining yashash sharoitlari va salomatligi xususida suhbatlashildi. Bayram munosabati bilan ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
- UBAYDULLAYEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O’zA
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |