Yangiliklar

Mehr-saxovatdan nurafshon dillar

Mehr-saxovatdan nurafshon dillar
Mehr-saxovatdan nurafshon dillar

Mehr-oqibat, saxovat kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar ulug‘lanib, ehtiyojmand kishilar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, oila va mahallalarda yoshi ulug‘ insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va uning bo‘linmalari tomonidan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

Fond xodimlari Navoiy shahar “Tinchlik” mahallasida joylashgan “Nogironlar yotoqxonasi”ga bordi. Yotoqxonada yashovchi nogironligi bo‘lgan 25 oila holidan xabar olinib, ular bilan suhbatlashildi va 9 turdagi dori-darmon vositalari tarqatildi.

Navoiy shahar “Zarafshon” mahallasida yashovchi Ibrohim Majidovning 2 nafar 1-guruh nogiron Hasan-Husan farzandi bor. “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi xodimlari yo‘qlovidan bolajonlar xursand bo‘ldi. Ularga fondning sovg‘alari topshirildi.

– Ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi, – deydi I.Majidov. – Ozgina e’tibor kishi qalbini quvonchga to‘ldiradi, deganlari to‘g‘ri ekan. Buni his qildim. Kitoblar farzandlarimga olam-olam quvonch bag‘ishladi.  

Ko‘ngli kemtik, o‘zgalar parvarishiga muhtoj kishilar ozgina e’tibor va rag‘batning qadrini yaxshi biladi. Kimningdir eshikdan kirib kelishini, holidan xabar olishini intiqlik bilan kutadi.  

Navoiy shahridagi “Orzu” mahallasida istiqomat qiluvchi, 82 yoshni qarshi olgan Abdurasul bobo Sanayev 1-guruh nogironi. Hozirda imkoniyati cheklangan, yotoqda. Nogironlar aravachasida harakatlanadi. Boboning ham yo‘qlovdan ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi.  

“Farovon” mahallasida yashovchi O’ktam Xudoyorov oilasida ham 2 nafar 1-guruh nogiron farzandi bor. Oila boshlig‘i O’ktam Xudoyorov 2 nafar nogiron farzandini bolaligidan parvarishlab kelmoqda.  

Mehr-saxovatning katta-kichigi bo‘lmaydi, u doimo qalbi o‘ksik, mehrga muhtoj kishilar diliga nur olib kiradi. Yaxshilik ko‘rganlarning e’tibor, mehr-muruvvatdan ko‘ngillari shod bo‘ladi. Zero, e’zoz va e’tibor, bir kalima shirin so‘z hech qachon esdan chiqmaydi.  

Bu kabi xayrli ishlar fondning tuman va shahar bo‘linmalari tomonidan hududdagi hamkor tashkilotlar ko‘magida davom etmoqda.  

 

A.Bo‘riyev, O’zA

136 | 09.12.2022
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish