Yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mir yetkazib berilmoqda

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mir yetkazib berilmoqda
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mir yetkazib berilmoqda

Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sharoitida aholining issiqlik manbaiga bo‘lgan ehtiyoji yanada ortmoqda. Ayniqsa, tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda istiqomat qilayotgan aholi bu sovuqda boshqalardan ko‘proq aziyat chekmoqda. Shuning uchun Navoiy viloyatida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mir yetkazib berish chora-tadbirlari ko‘rilyapti.

– “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 715 oilaga 400 kg.dan qariyb 86 million so‘mlik 286 tonna ko‘mir tarqatildi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Jonibek Qodirov. – Bundan tashqari, viloyat hokimining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan aholining ehtiyojlarini inobatga olib yana 266 tonna ko‘mir tarqatish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyat hokimining 2022 yil 10 noyabrdagi qarori asosida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan “Temir daftar” “Ayollar daftari” “Mehr daftari”ga kiritilgan 1643 oilaga 287,5 million so‘mlik 957 tonna ko‘mir mahsuloti beg‘araz tarqatilgan edi.

 A.Bo‘riyev, O’zA

36 | 20.01.2023
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish