Yangiliklar

Mahalla – kichik Vatan

Mahalla – kichik Vatan
Mahalla – kichik Vatan

Mahallada yashayotgan har bir fuqaro shu hududning daxlsiz, to‘laqonli a’zosi sifatida hayot kechirmog‘i uchun bugun barcha imkoniyatlar bor. Mahalla jamiyat vijdoni, adolat maskani bo‘lib, aholining tinch va totuvlikda umrguzaronlik qilishi, oilalarda sog‘lom hamda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit, osoyishtalikni ta’minlashda ushbu tuzilmaning o‘rni beqiyos.

2022 yilda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlash, hamkor tashkilotlar yordamida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, bandlikni ta’minlash borasida hududlarda samarali ishlar olib borildi. Xususan, mahallalardagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 50 nafar farzandini yoz mavsumida oromgohlarda dam olishlari uchun zarur mablag‘lar ajratildi. Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslardan tushgan murojaatlarga asosan, 250 nafar fuqaroga 303 million 500 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, ushbu toifadagilarning sog‘ligini tiklash uchun “NAVBAHOR SIHATGOHI” dam olish sanatoriysiga 53 million so‘m mablag‘ ajratilib, ularning 15 nafari sihatgohga yuborildi.

Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari mablag‘lari hisobidan Navoiy shahridagi “Istiqlol”, Xatirchi tumanidagi “Xonaqa”, Karmana tumanidagi “Zarafshon”, Nurota tumanidagi “Nurobod”, Uchquduq tumanidagi “Iftixor” hamda Navbahor tumanidagi “Sovungar” va “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inlariga jami 42 million so‘mlik jihozlar jamlanmasi olib berildi. Viloyatdagi jami 34 ta mahalla fuqarolar yig‘ini 150 million 400 ming so‘mlik kompyuter vositalari bilan ta’minlandi.

“Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yashovchi keksa, ehtiyojmand fuqarolarni kiyim-kechak mahsulotlari bilan ta’minlash uchun 40 million so‘m, O’zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatining “Yangiyo‘l” yurak-asab kasalliklari sihatgohida 15 nafar ko‘zi ojiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarni sog‘lomlashtirish uchun 50 million so‘m miqdoridagi mablag‘lar sarflandi.

O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Nurota tumani hokimligi hamkorligida “Yangiturmush” mahallasi, “Papanay” oilaviy shifokorlik punktida qishloq aholisi uchun bepul tibbiy ko‘rik xayriya aksiyasi tashkil etildi. “Mahalla” jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan oilaviy shifokorlik punktiga “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining xayriya mablag‘lari hisobidan xarid qilingan 2 ta kompyuter jamlanmasi, bitta printer, bir dona sovutgich, bir dona muzlatgich va boshqa maishiy texnika vositalari topshirildi. Xayriya aksiyasi doirasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining oliy toifali shifokorlari tomonidan 500 nafarga yaqin qishloq aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga bepul tibbiy maslahat hamda davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Faxriddin Soliyev,

Mahalla xayriya jamoat fondi

Navoiy viloyat bo‘limi raisi.

O’zA

73 | 20.01.2023
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish