Yangiliklar

Namanganda ehtiyojmand aholiga ko‘mir yetkazib berilmoqda

Namanganda ehtiyojmand aholiga ko‘mir yetkazib berilmoqda
Namanganda ehtiyojmand aholiga ko‘mir yetkazib berilmoqda

Namangan viloyati bo‘ylab kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand aholiga bepul ko‘mir tarqatilmoqda. Viloyat bo‘yicha 1799,7 tonna ko‘mir tarqatish belgilangan.

15 yanvar kuni Namangan viloyatida qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha viloyat hokimi rahbarligidagi kunlik shtabning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazilib, unda viloyatdagi vaziyatni qat’iy nazoratga olish, muammolarni tezkorlik bilan yechish, aholiga yengillik yaratish ishlarini yanada jadallashtirish, viloyatning barcha shahar va tumanlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalariga ko‘mir tarqatish qarori qabul qilingan edi.

Unga ko‘ra, tumanlardagi mahallalar kesimida 6 ming oilaga 180 tonna ko‘mir tarqatish ishlariga kirishilgan. Har bir oilaga o‘rtacha 300 kilogrammdan ko‘mir berilmoqda.

To‘raqo‘rg‘on tumanida ham kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Gulqishloq, Yangihayot, Buramatut, Chorbog‘, Bordimko‘l, Beruniy, Bekobod, Isvaxon, Porosmon, Yortepa ko‘cha mahallalaridagi 150 ehtiyojmand oilaga 30 tonna ko‘mir tarqatildi. Shuningdek, 67 ta mahalla kesimida 402 oilaga 120 tonna ko‘mir tarqatish ishlari davom etmoqda.  

Tumanning O’zbekiston, Oqtosh, Toshkent, Sharq mahallalarida 39 ta ko‘p qavatli turar-joy mavjud bo‘lib, ularda ikki mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ushbu xonadonlarda elektr va gaz ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilgan. 

Hotam MAMADALIYEV(surat), O’zA 

119 | 20.01.2023
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish