Yangiliklar

Nukus shahrida 573 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi

Nukus shahrida 573 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi
Nukus shahrida 573 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan o‘tgan yil davomida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarni ijtimoiy ximoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirildi.

– Jumladan, 573 nafar fuqaroga 4 milliard 178 million so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Nukus shahar bo‘linmasi raisi Marat Xojanov. – Bundan tashqari, 155 nafar xotin-qiz bandligini ta’minlash maqsadida elektr pechi uchun tegishli mablag‘ ajratildi. “Ata makan” mahalla fuqarolar yig‘ini moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 1 dona ko‘p funksiyali printer xarid qilishga moddiy yordam ko‘rsatildi. Nukus shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining 26 nafar xodimiga moddiy yordam berildi.

O’tgan yil davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Nukus shahar bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi qarorlari asosida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1818 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatilib, 70 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinasi, 600 nafar fuqaroga isitgich uskunasi olib berish uchun mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, 899 ta xonadonga oziq-ovqat mahsuloti tarqatildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan xayriya ishlari davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O’zA

41 | 20.01.2023
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish