Yangiliklar

Vatanga xizmat – oliy fazilat

Vatanga xizmat – oliy fazilat
Vatanga xizmat – oliy fazilat

Mamlakatimizda, xususan Namanganda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholida milliy armiyadan faxrlanish va unga bo‘lgan ishonch hissini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ta’minlash maqsadida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyati bo‘limi hamkorligida “Vatanga xizmat – oliy fazilat”, “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlar Chortoq tumanida ham yuksak saviyada tashkil etildi. Shonli sana munosabati bilan mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti qoshidagi o‘quv-sport texnik klubi bilan birgalikda harbiy xizmat chog‘ida vafot etgan va bir qator harbiylarning oilasidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishildi, muammolari o‘rganildi. 78 yoshli Doston To‘lanovni Bulon mahallasidagi kattayu kichik birdek hurmat qiladi. Umrini harbiy xizmatchilikka bag‘ishlagan otaxon 1963-1967 yillarda Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahridagi harbiy-dengiz bilim yurtida o‘qigan so‘ng 1977 yilga qadar Kamchatkada harbiy vertolyot tashuvchi kemada jo‘shqin xizmat qilgan. Keyinchalik Xabarovsk o‘lkasida harbiy dengiz flotida ishini davom ettirgan. Mustaqillik yillariga qadar esa Namangan viloyati harbiy komissariatida, Pop, Kosonsoy va Chortoq tumanlari harbiy komissariatida rahbarlik vazifalarida faoliyat yuritdi.

1991 yilda podpolkovnik lavozimida nafaqaga chiqqach, keyingi to‘rt yil tadbirkorlik qilib, yana harbiy safarbarlikka chaqirilgan hamda polkovnik unvoniga sazovor bo‘lgan. Yillar o‘z so‘zini aytib, mudofaa faxriysining eshitish tizimida muammolari borligi sababli u kishiga “Mahalla” fondi tomonidan eshitish moslamasi taqdim etildi.

Tashkilotchilar tomonidan Doston ota kabi bir qancha harbiylarning oilalaridan xabar olib, ularga esdalik sovg‘alari, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O’zA

71 | 20.01.2023
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish