Yangiliklar

Namangan viloyatida “Saxovat karvoni” manzillarga yetib bordi

Namangan viloyatida “Saxovat karvoni” manzillarga yetib bordi
Namangan viloyatida “Saxovat karvoni” manzillarga yetib bordi

Davlatimiz rahbari tomonidan qishning sovuq kunlarida ko‘p farzandli, ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish vazifasi topshirilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosi Namangan viloyatida ham tez fursatda bajarildi.

Viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi 7880 ta ehtiyojmand oilaga 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari - o‘simlik yog‘i, guruch, un, shakar, tuxum, makaron, kartoshka, piyoz, sabzi tarqatildi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 67 mahallaning 670 ta, shuningdek, tuman ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha 130 ta, jami 800 ta oila uchun oziq-ovqat jamlanib, xonadon egalariga yetkazildi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida ham jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 710 ehtiyojmand oila huzuriga oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan “Saxovat karvoni” yetib keldi.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hamda Davlatobod tuman hokimligi tomonidan 450 oilaga mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda xotin-qizlar faollari ko‘magida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Pop tumanida tashkil etilgan “Saxovat karvoni” esa 1000 dan ziyod oilani ro‘zg‘or uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minladi.  

Chortoq, Mingbuloq, Namangan, Chust tumanlarida ham kamxarj, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor, yakka-yolg‘iz kishilar holidan xabar olinib, sovuq kunlarni talofatsiz o‘tkazib olishlariga ko‘maklashildi.  

 Hotam MAMADALIYEV(surat),O’zA 

38 | 30.01.2023
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish