Yangiliklar

Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryoda sayyor qabul o‘tkazdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryoda sayyor qabul o‘tkazdi
Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryoda sayyor qabul o‘tkazdi

O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari A.Muhammadiyev hamda sektor rahbarlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Tumanning “Nartichuqur” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 150 ga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi.

Koson tumani hududi jihatidan viloyatning eng katta tumanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. 75 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, qabulda tumanning olis hududlarida joylashgan mahalla fuqarolari ham o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi.

Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, yo‘l qurilishi, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator masalalari mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida 34 ga yaqin fuqaroning murojaati joyida hal etilib, 11 ta murojaat ish yurituviga olindi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan 65 ta xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, FHDYo bo‘limi tomonidan 12 ta murojaat joyida hal etildi. 4 nafar fuqaroga ID kartalari topshirildi. 2 nafar fuqaroga davolanishi uchun order beriladigan bo‘ldi. 5 nafar fuqaroga tadbirkorlik qilishi va o‘z-o‘zini band qilishi uchun zamonaviy 5 dona charx moslamasi topshirildi.

Bundan tashqari, qabulga kelganlarga viloyat tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tomonidan 2 nafar fuqaroga elektron nogironlik aravachasi, 5 nafar fuqaroga ovozli tanometrlar topshirildi.

O’lmas Barotov, O’zA.

35 | 13.03.2023
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

    DshSshChshPshJmShnYak
    To'lov usuli :
    Ushbu Oferta, masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzish uchun jismoniy shaxslarga yuboriladigan to'lov tizimlarining rasmiy ommaviy ofertasi. Ushbu Ofertada ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi bu Ofertada ko'rsatilgan shartlarda, tartibda va hajmda jismoniy shaxslar tomonidan xizmatlar ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga rozilik (qabul qilish) ning so'zsiz tasdiqidir.
    Diqqat, sayt sinov rejimida ishlamoqda! ! !

    Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish