Qadryat, urf-odat, an’ana va yoshlar
Qadryat, urf-odat, an’ana va yoshlar

“Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan joylarda xayriya tadbirlari o‘tkazish davom etmoqda. Jumladan, Yangiyo‘l shahri va tumanida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 10 nafar nuroniy onaxonga bayram sovg‘alari ulashildi. Ularning ayrimlariga nogironlik aravachasi, uy-ro‘zg‘or yumushida zurur bo‘ladigan maishiy texnika vositalari berildi.
— Uzoq yillardan buyon og‘ir xastalikka chalinganman, — deydi Yangiyo‘l tumani “Bo‘ston” MFYda yashovchi 1-guruh nogironi Gulbahor Janberova. — Bayram arafasida ko‘ngil so‘rab kelishganidan sevinchim ichimga sig‘mayapman. Biz kabi imkoniyati cheklanganlar shaxsga ko‘rsatilayotgan muruvvat va doimiy e’tibordan mamnunmiz.
Nurafshon shaharida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” shiori ostida tadbirlar va xalq sayli bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqimizning azaliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bayramga bag‘ishlangan barcha tadbirlarda mehr-muruvvat asosiy mezon qilib olingan. Nurafshondagi tadbirlarda kam ta’minlangan oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. Yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq so‘zi”.
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |