“Saxovat va ko‘mak”: Sho‘rchida 42 ta oilalarga yordam ko‘rsatildi
“Saxovat va ko‘mak”: Sho‘rchida 42 ta oilalarga yordam ko‘rsatildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” chin ma’noda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, yakka-yolg‘iz, sog‘ligida muammosi bor aholining ko‘makchisiga aylandi.
O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, uning Surxondaryo viloyat boshqaruvi huzurida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan, joriy yilda 300 dan ortiq ehtiyojmand oilalar va shaxslarga saxovat va muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.
Xususan, Sho‘rchi tumanida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”da turgan fuqarolar xonadonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari – quyosh panellari o‘rnatib berildi.
Xalq deputatlari tuman kengashining qaroriga asosan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ruyxatda turuvchi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 42 ta oila vakillariga 84 mln 900 ming so‘m mablag‘lar plastik kartochkalariga o‘tkazib berildi.
Shuningdek, Surxondaryoda 11-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan.
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar va o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslar “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan saxovat va muruvvat yordamlarini ko‘rsatish ishlari davom etadi.
“Diyor24”
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |